AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lajak uchrashuvi ehtimoli haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, bu uchrashuv may oyining ikkinchi yarmida, Fors ko‘rfazi mamlakatlariga rejalashtirilgan tashrifdan so‘ng bo‘lib o‘tishi mumkin.
“Balki, lekin ehtimoli unchalik katta emas. Menimcha, biz u bilan shu safardan keyin uchrashamiz,” — deydi Tramp.
Tramp 13–16 may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga safar qilishi rejalashtirilgan. Bu uning prezidentlikka qayta saylangandan keyingi ikkinchi xorijiy safari bo‘ladi.
Uning birinchi tashrifi esa ushbu hafta oxirida Italiyaga amalga oshiriladi — Tramp Rimda bo‘lib o‘tadigan Rim Papasi Fransiskning dafn marosimida qatnashadi.


