1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Tramp xavfsizlik bo‘yicha o‘z rejasini e’lon qildi

33 betlik hujjatda “Amerika hamma narsadan ustun” tamoyili asosiy yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Tramp xavfsizlik bo‘yicha o‘z rejasini e’lon qildi

 

 

Prezidentlar odatda vakolat muddatida bir marta e’lon qiladigan Milliy xavfsizlik strategiyasi – bu AQSHning global ustuvor yo‘nalishlari haqidagi rasmiy bayonotdir. 33 betdan iborat ushbu hujjat Tramp ma’muriyati tomonidan uning tashqi siyosiy dunyoqarashini kamdan kam uchraydigan rasmiy izohidir.

 

"Oq uy" ma’muriyati kelgusi to‘rt yil uchun e’lon qilingan AQSH milliy xavfsizlik strategiyasi tashqi siyosatda "Amerika hamma narsadan ustun" prinsipini mustahkamlaydi, maqsad esa Amerika ta’siri va ustunligini tiklashdan iborat.

 

Yangi Milliy xavfsizlik strategiyasiga ko‘ra, prezident Donald Tramp migratsiya, narkotrafik va mintaqada dushman kuchlar ta’sirining ortishiga qarshi kurashish uchun AQSHning G‘arbiy yarim shardagi harbiy mavjudligini sezilarli darajada saqlab qolishni rejalashtirmoqda.

 

Strategiya globalizmga asoslangan oldingi yondashuvlarni samarasiz va amerikalik o‘rta tabaqa uchun zararli, deb tanqid qiladi va kursni "zarur va ancha kundan beri kutilayotgan tuzatish"ni amalga oshirishga chaqirdi.

 

Asosiy milliy manfaatlarni himoya qilish uchun u chegara nazoratini kuchaytirish, iqtisodiy reindustrializatsiya va dunyodagi eng kuchli armiya tufayli kuch orqali tinchlikni saqlashni talab qiladi.

 

Ittifoqchilar bilan munosabatlar "yukni bo‘lishish va qayta taqsimlash" konsepsiyasi asosida qayta quriladi, ayniqsa NATO a’zolaridan o‘z mudofaalariga YAIMning hatto 5%igacha sarflashni talab qiladi.

 

Strategiya shuningdek Yevropani sivilizatsion o‘z-o‘zini anglashni tiklashga va o‘z xavfsizligi uchun birlamchi mas’uliyatni zimmasiga olishga undaydi.

 

Mintaqaviy darajada strategiya G‘arbiy yarimsharda xorijiy ta’sirga qarshi kurashish uchun Monro doktrinasiga "Tramp tuzatishi"ni kiritadi, Osiyoda esa iqtisodiy raqobatda g‘alabaga erishishga, bir vaqtning o‘zida harbiy mojaro yuzaga kelishining oldini olishga qodir bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratadi.

 

                                                                                                                                  Siyosatshunos Muxtor Nazirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика