1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Transport vaziri Basketbol federatsiyasi raisligiga saylandi

Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston basketbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaga yangi rais saylash kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

Boshqa ishga o‘tgani sababli O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimida ishlab kelgan Ruslan Davletov o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqildi va delegatlar tomonidan qanoatlantirildi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tildi. Unda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning nomzodi O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari  tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shu tariqa Ilhom Mahkamov O‘zbekiston basketbol federatsiyasi raisi etib saylandi.

Ilhom Mahkamov 1979-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uzoq yillardan beri kommunal sohada, xususan, “O‘zkommunxizmat” agentligining bosh direktori, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri ishlagan. 2021 yildan transport vaziri lavozimida faoliyat yurityapti.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика