1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Tunda chiroq nuri qandli diabet xavfini oshiradi

Olimlar bu bo‘yicha tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

Tunda chiroq nuri qandli diabet xavfini oshiradi

Tunda chiroqning yorqin nuridan saqlanish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunida shunday xulosaga kelindi.

 

Izlanish davomida mutaxassislar tomonidan 85 ming nafar ishtirokchining maʼlumotlari tahlil qilindi. Yorug‘lik sensorlari orqali qayd etib borilgan 13 million soatlik maxsus yozuvlar o‘rganildi.

 

Buning uchun diabetning 2-turi bilan og‘rimagan ko‘ngillilar bir hafta davomida maxsus qurilmani bilaklariga taqib yurishdi. Shundan so‘ng to‘qqiz yil davomida ularning salomatlik ko‘rsatkichlari monitoring qilib borildi.

 

Yakunda yorug‘lik taʼsiri va 2-tur qandli diabetning rivojlanish xavfi o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Tunda yorqin chiroq nuri insulin sekretsiyasi va glyukoza metabolizmiga taʼsir qilishi maʼlum bo‘ldi.

 

Tadqiqotchilarning "The Lancet Regional Health — Europe" tibbiy jurnalida eʼlon qilingan xulosasiga ko‘ra, eng yuqori xavf darajasi tungi 00:30 dan tonggi 06:00 gacha kuzatiladi. Ammo kunduzgi yorug‘lik salomatlik uchun ziyon yetkazmaydi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика