1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Dronlar hujumi sabab Germaniya aeroporti yopildi

Favqulodda holat tufayli 17 ta reys bekor qilingan.

Dronlar hujumi sabab Germaniya aeroporti yopildi

Bugun, 2 oktyabr kuni kechqurun Germaniya havo harakati boshqarmasi Myunxen aeroportida nomaʼlum dronlar tufayli parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqida DW nashri xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 22:18 da joriy etilgan cheklovlar oqibatida kamida 17 ta reys bekor qilingan, yana 15 ta samolyot Shtutgart, Nyurnberg, Vena va Frankfurt aeroportlariga yo‘naltirilgan. Ushbu holat qariyb 3 ming yo‘lovchiga taʼsir ko‘rsatgan. Aeroport faoliyati 3 oktyabr kuni tonggi soat 5:00 dan boshlab tiklangan.

 

Germaniya politsiyasi maʼlumotiga ko‘ra, dronlar 21:30 dan yarim tungacha Myunxen aeroporti hududi hamda yaqin atrofdagi Erding va Freyzing shaharlari osmonida uchgani aniqlangan. Hozirda uchuvchisiz uchoqlar va ularni boshqargan shaxslarni topish maqsadida tergov ishlari olib borilmoqda. Qidiruv ishlariga vertolyot ham jalb etilgan. Dronlarning kimga tegishli ekani hali maʼlum emas.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика