1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab ketildi

U turkiyalik eri tomonidan o‘ldirilgani aytilmoqda.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol pichoqlab ketildi

Istanbulning Umraniya tumanida 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ko‘chada pichoqlab ketildi, deya xabar bermoqda mahalliy nashrlar. 

 

Qayd etilishicha, voqea Aytosh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan Nigina Sattorova ko‘chada o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Guvohlarga ko‘ra, erkak xotinini rashk qilib, omma oldida bo‘ynidan pichoqlagan. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga yetib borganda ayol allaqachon vafot etgan bo‘lgan. 

 

Hozirda ushbu qotillikda gumonlanib ikki nafar erkak qo‘lga olingan. Ayolning eri voqeadan so‘ng do‘stiga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘rmonga yashirinishga uringan. 

 

Ammo politsiya zudlik bilan uning iziga tushib, hududda keng ko‘lamli qidiruv boshlagan va tez orada gumonlanuvchi hamda uning do‘sti qo‘lga olingan.

 

Hozirda ayolning jasadi tekshiruv uchun sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика