1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Turkiyadagi Qoratepa-Arslontosh yozuvlari YUNESKOga kiritildi

Yozuvlar 2800 yillik tarixga ega.

Turkiyadagi Qoratepa-Arslontosh yozuvlari YUNESKOga kiritildi

Turkiyaning janubiy Osmaniya viloyatidagi Qoratepa-Arslontosh ochiq osmon muzeyidagi qadimiy ikki tilli yozuvlar YUNESKOning Jahon xotirasi reestriga kiritildi. Ushbu yozuvlar 2800 yillik bo‘lib, Finikiya va Luwiy tillarida yozilgan eng uzun matnlardan biri hisoblanadi. Bu yozuvlar zamonaviy alifbolarning rivojlanishida muhim rol o‘ynagan.

Qoratepa-Arslontosh o‘zining tarixiy ahamiyati bilan birga, neo-xett davrining ijtimoiy va siyosiy hayotiga doir noyob ma’lumotlarni saqlab qolgan. Ushbu arxeologik yodgorlik 2020-yilda YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. Muzeyda yodgorliklar bilan birga, tabiiy go‘zalliklar ham saqlanib qolgan.

1950-yillarda taniqli arxeolog Halet Chambel tomonidan olib borilgan konservatsiya ishlari orqali Qoratepa-Arslontoshdagi haykallar va yozuvlar yaxshi saqlangan. Bugungi kunda bu joy tarix, madaniyat va tabiatni birlashtirgan noyob sayyohlik maskani sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика