Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila paytida 151 nafar fuqaro qo‘rquv sababli baland joylardan sakragan. Ular turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi maʼlum qilishicha, jabrlanganlar orasida hayot uchun xavfli ahvoldagi bemorlar yo‘q. Turk rasmiylari barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini bildirishgan.
Hozirda zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. Mutasaddilar aholini hushyorlikka va rasmiy maʼlumotlarga tayanishga chaqirmoqda.


