1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Turkmanistonda ish haqi va pensiyani oshirmaslik taklif qilindi

Xalq maslahati yig'ilishida aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlari “yuqori darajaga yetgani” aytildi.

Turkmanistonda ish haqi va pensiyani oshirmaslik taklif qilindi

Turkmaniston hukumati ish haqi, pensiya, davlat nafaqalari va stipendiyalarning har yili oshirilishidan voz kechishni taklif qilmoqda. Bu haqida faxriy oqsoqol Yozmurod Otamurodov Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida o‘tkazilgan Xalq maslahati yig‘ilishida ma’lum qildi.

 

Otamurodovning ta’kidlashicha, aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti yuqori va endilikda to‘lovlarni doimiy ravishda oshirish zarur emas. U, shuningdek, “dunyoning hech qaysi davlatida fuqarolarga bunday imtiyozlar berib kelinmaganini” qo‘shimcha qildi.

 

Faxriy oqsoqol prezident Berdimuhamedovdan bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni va tejaladigan mablag‘larni mamlakat taraqqiyoti hamda boshqa muhim yo‘nalishlarga yo‘naltirishni so‘radi. Prezident esa o‘z navbatida Otamurodovga nutqi va tavsiyalari uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, mazkur taklif turkman jamoatchiligi orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan. Davlatga qarashli Turkmenportal nashri esa bu haqdagi xabar ostidagi izohlarni yopgan.

 

Ayni damda Turkmanistonda eng kam pensiya 550 manatni (taxminan 27,5 dollar), nafaqa esa 520 manatni (26 dollar) tashkil etadi. Rasmiylar to‘lovlarni indeksatsiya qilishni bekor qilish tashabbusiga hozircha izoh bermagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика