Twitter o‘z logotipini “X” belgisiga o‘zgartirdi. Shuningdek, Mask platformaning standart rangini qora rangga o‘zgartirish taklif etgan. Endi logotipda ko‘k qushcha o‘rniga qora fondagi oq “X” belgisi paydo bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq rebrendingi arafasida uning egasi Ilon Mask tomonidan eʼlon qilindi. Mask, shuningdek, x.com domeni Twitter‘ga avtomatik yo‘naltirishni boshlaganini ham maʼlum qildi. Bundan tashqari, u platformaning standart rangini qora rangga o‘zgartirish taklif etgan so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 1,8 milliondan ortiq foydalanuvchi ishtirok etdi. Ularning deyarli 75 foizi ijtimoiy tarmoq rangini o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlagan.


