1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Twitter xarajatlarni keskin qisqartirmoqda

Kompaniya qator to‘lovlarni bekor qilgan.

Twitter xarajatlarni keskin qisqartirmoqda

 

Twitter xarajatlarni qisqartirish fonida ofislarga ijara puli to‘lashni to‘xtatdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The New York Times  xabar berdi.

 

Uning maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya Ilon Mask tomonidan sotib olingandan keyin tejamkorlik maqsadida San-Fransiskodagi bosh ofisi uchun ijara to‘lashni to‘xtatib qo‘ygan. Bu tartib boshqa davlatlarda joylashgan idoralar bo‘limlar uchun ham joriy etilgan.

 

Bundan tashqari, Mask avvalgi rahbariyat davrida foydalanilgan xususiy aviatashuvchilarga ham pul to‘lashdan bosh tortgan. Shuningdek, ishdan bo‘shatilgan xodimlar uchun dam olish kunlari beriladigan maxsus to‘lov berish ham bekor qilingan.

 

Mask Twitter bilan bog‘liq sud jarayonlaridan xavotirga tushib, kompaniyaning yuristlar jamoasini kuchaytirish bilan shug‘ullanmoqda.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика