1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Unga ko‘ra, Prezident Putin va boshqa amaldorlar “qora ro‘yxat”ga kiritilgan.

Ukraina Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin va  boshqa hukumat amaldorlariga qarshi sanksiyalar qo‘llash haqidagi farmonni imzoladi. 


Putindan tashqari uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov, Bosh vazir Mixail Mishustin, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga ham sanksiyalar joriy qilingan. Umuman, Rossiya rahbariyatining 35 nafar vakiliga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.


Bundan tashqari, sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiyaning 236 ta universiteti, jumladan, Moskva davlat universiteti, Moskva davlat texnika universiteti, Moskva fizika-texnika instituti, Sankt-Peterburg davlat universiteti kiritilgan.


Sanksiyalar cheksiz muddatga kiritilgan, ular quyidagilarni nazarda tutadi: 


— aktivlar va mulklarni blokirovka qilish;
— kapitalni Ukrainadan olib chiqib ketishning oldini olish;
— hududiy suvlar va havo kengliklariga kirishni taqiqlash;
— qimmatli qog‘ozlar bilan operasiyalarni taqiqlash;
— viza berishni rad etish;
— Ukraina davlat mukofotlaridan mahrum qilish va boshqalar.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика