Rossiyaning axborot kanallarida Qrim, Krasnodar o‘lkasi va Rostov viloyatiga bir nechta Ukrainaning uchuvchisiz uchoqlari o‘t ochayotgani xabar qilinmoqda.
Dronlar soni va hujum haqida hali hech qanday maʼlumotlar mavjud emas. Qrim ko‘prigida transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Bu haqida Rossiyaning bir nechta telegram kanallarida xabarlar tarqalmoqda. Bundan tashqari Ukraina dronlari Rossiyaning boshqa hududlariga ham kelib tushgan.
Voronej viloyati gubernatori bir muddat avval mintaqa uzra bir nechta uchuvchisiz uchoqlar urib tushirilganini ma’lum qilgan. Kursk viloyatining tepaliklarida ham bir qancha portlashlar sodir bo'lgan.


