1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukraina va Finlyandiya mudofaa sohasida yangi kelishuv imzoladi

Finlyandiya Ukrainaga mudofaa sohasida yordam berish majburiyatini oldi.

Ukraina va Finlyandiya mudofaa sohasida yangi kelishuv imzoladi

 

Ukraina va Finlyandiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida yangi kelishuv imzolandi. Memorandumga Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Hyakkyanen va Ukrainaning mudofaa vaziri Rustem Umerov tomonidan imzo chekildi.

 

Finlyandiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, memorandum doirasida:

  • Mudofaa sanoati va harbiy texnika sohasidagi hamkorlik kuchaytiriladi
  • Axborot almashinuvi va harbiy tadqiqotlar bo‘yicha tajriba almashiladi
  • Harbiy innovatsiyalar va o‘q-dorilar ishlab chiqarish sohasi rivojlantiriladi
  • Finlyandiya va Ukrainadagi mudofaa loyihalarida o‘zaro hamkorlik qilinadi

 

Kelishuvning maqsadi har ikki davlatning mudofaa salohiyatini oshirish va o‘zaro strategik sheriklikni mustahkamlashdir.

 

Mazkur memorandum Finlyandiyaning Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordamining navbatdagi bosqichi bo‘lib, rasmiy Helsinkining Kiyev bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildiradi. Shu bilan birga, Finlyandiya Ukraina bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish va harbiy-texnik qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика