Ukrainada Bolalar kunini nishonlash sanasi rasmiy ravishda o‘zgartirildi. Prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan 355-sonli farmonga ko‘ra, endilikda bu bayram 1-iyunda emas, balki har yili 20-noyabr kuni – Umumjahon bolalarni himoya qilish kunida nishonlanadi.
Farmonning asosiy maqsadi — bolalarni himoya qilishni milliy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash, hamda Ukraina huquqiy tizimini xalqaro normalar, xususan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasi talablariga yaqinlashtirishdir.
Shuningdek, hujjatda xalqaro hamjamiyat bilan bolalar huquqlari sohasida hamkorlikni mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ilk bor 1949-yil noyabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan Xalqaro Demokratik Ayollar Federatsiyasi Kengashida tashkil etilgan. Bu sana ilk marta 1950-yilda 51 mamlakatda keng nishonlangan edi.


