1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘lgan?

BMT bu bo’yicha raqamlarni ma’lum qildi.

Ukrainada qancha tinch aholi halok bo‘lgan?

 

2022-yil 24-fevralda Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 21 965 nafar tinch aholi qurbon bo'lganini qayd etdi. Haftalik xulosaga ko‘ra, 8 231 kishi halok bo‘ldi va 13 734 nafari yaralandi.

 

Yaralanganlar orasida 413 nafar erkak va 295 nafar ayol, shuningdek, jinsi hali aniqlanmagan 271 nafar bola bor. 3 664 nafar erkak va 2 173 nafar ayol hayotdan ko'z yumgan. Qurbonlar orasida 1 900 nafar katta yoshdagilarning jinsi hali aniqlanmagan.

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼkidlashicha, haqiqiy raqamlar ancha koʻp, chunki shiddatli jangovar harakatlar kechgan baʼzi joylardan maʼlumot olish kechiktirilgan va koʻplab xabarlar hali tasdiqlanmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика