1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ukrainadagi kelishuv Kiyev pozitsiyasi sababli kechikmoqda — Tramp

AQSH prezidenti tinchlik muzokaralari Zelenskiy sabab sekinlashayotganini bildirdi.

Ukrainadagi kelishuv Kiyev pozitsiyasi sababli kechikmoqda — Tramp

 

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi mojaroning cho‘zilib ketishida Kiyevning pozitsiyasini asosiy sabab sifatida ko‘rsatdi. Bu haqda u 14-yanvar kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

Trampning taʼkidlashicha, potensial tinchlik kelishuvining kechikishiga Moskva emas, balki Kiyev tomoni to‘sqinlik qilmoqda. “Rossiya emas, balki Ukraina ehtimoliy tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qilmoqda”, — dedi AQSH prezidenti.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mojaroni tugatishga tayyorligini namoyon qilmoqda, biroq Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy kelishuvga unchalik moyil emas. Tramp Zelenskiyning pozitsiyasini izohlar ekan, tafsilotlarga to‘xtalmasdan, “buni amalga oshirish uning uchun qiyin” ekanini qayd etdi.

 

Reuters maʼlumotiga ko‘ra, bir nechta muvaffaqiyatsiz muzokara urinishlaridan so‘ng, AQSH so‘nggi haftalarda eʼtiborni mojaro yakunlanganidan keyin Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga qaratgan. Xususan, Vashington Kiyevni Donbass masalasida murosaga kelishga undayotgani aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, Vladimir Zelenskiy Ukraina Konstitutsiyasida hududiy yaxlitlikka oid cheklovlar mavjudligini taʼkidlab, Rossiyaga har qanday hududiy imtiyozlarni rad etib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика