AQSH Ukrainani Yevropaga nisbatan ko‘proq qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda Kil xalqaro iqtisodiyot institutining navbatdagi hisobotida so‘z boradi.
Nemis tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yanvar o‘rtasigacha Vashington Kiyev uchun 73.1 milliard yevro ajratgan bo‘lsa, YеI 54.9 milliard ajratgan. Shu bilan birga Yevropa davlatlari o‘z aholisi va iqtisodiyotiga Ukrainaga qaraganda 10 barobar ko‘p mablag‘ sarflagan.
Bu masalada Germaniya yetakchilik qilmoqda. Masalan, Berlin aholi va kompaniyalarga ajratgan subsidiyalarining 5 foiziga teng mablag‘ni Kiyevga yordam sifatida bergan.
“Yevropaliklarning qatʼiyatsizligi — fenomen. Moliyaviy resurslarni tezroq safarbar qilish mumkin”, – degan tahlil guruhi rahbari Kristof Trebesh.
Shu bilan birga Ukraina shu paytga qadar vaʼda qilingan og‘ir qurollarning kamida chorak qismini olmagani qayd etilgan.


