Ukrainaning qarshi hujumi sovuq havo sharoitida ham davom ettiriladi. Bu haqda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov maʼlum qildi.
U qarshi hujumda oldinga siljish kutilganidan sekinroq bo‘lyotganini tan oldi va vaziyatning o‘ta murakkab ekanini qo‘shimcha qildi.
“Noqulay ob-havoda Rossiya bilan kurashish qiyinroq bo‘ladi. Jang u yoki bu tarzda davom etadi. Sovuq, yog‘ingarchilik va loyda jang qilish qiyinroq. Janglar davom etadi. Qarshi hujum davom etadi”, — dedi Budanov.
Budanov, shuningdek, minalarning katta konsentratsiyasini, Rossiyaning ko‘p sonli kichik kamikadze dronlarini “hozircha Ukrainaning oldinga siljishini sekinlashtirayotgan asosiy omillar” deb atadi.


