1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Urgutda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan

Urgutda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

 

Kecha, 9 iyun kuni soat 10:00 larda Urgut tumanining “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro X.J.ga tegishli bo‘lgan “ZIL” rusumli transport vositasiga ortilgan 400 dona somon pressi yonib ketgan

 

Haydovchi yuk mashinasiga meʼyorlardan ortiq balandlikda somon ortgani uchun harakatlanib ketayotgan vaqtida elektr tarmoqlaridagi simlarga tegib qolgan.

 

Shundan so‘ng, ular elektr simini tepaga ko‘tarmoqchi bo‘lishganida qisqa tutashuv hamda chaqnash sodir bo‘lgan va somon toylar yonib ketgan.

 

Yong‘in tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

 

Viloyat IIB boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика