1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

UzAuto Motors Damasning yangi versiyasi ishlab chiqaradi

Unda yuk ko‘tarish qobiliyati va sig‘imning oshgan.

UzAuto Motors Damasning yangi versiyasi ishlab chiqaradi

Kichik biznes va xususiy mijozlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda “Damas” arzon minivenlari yangi versiyasining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. 

 

Yangi Damas ixcham, tejamkor va sig‘imdor avtomobil bo‘lib, u shahar ichidagi kundalik harakatlar uchun ham, tijoriy faoliyatda foydalanish uchun ham juda qulaydir. Farqli xususiyatlariga o‘lchamlarning kattalashgani, yuk ko‘tarish qobiliyati va sig‘imning oshgani, shuningdek haydovchi hamda yo‘lovchilar qulayligining sezilarli darajada yaxshilanganidir. Model Damas Move yo‘lovchi versiyasida va Damas Max yuk-yo‘lovchi versiyasida mavjud bo‘ladi.

 

Yangi model ayni paytdagi joriy Damas versiyasi bilan bir vaqtda ishlab chiqariladi, bu esa xaridorlarga sinovdan o‘tgan klassik model hamda zamonaviy texnologik yangiliklarga ega yangi avlod avtomobili o‘rtasida erkin tanlov qilish imkonini yaratadi. 

 

UzAuto Motors model qatorini kengaytirish bilan bir vaqtda, eng ko‘p talab etiladigan modellaridan biri Chevrolet Cobalt’ni keng ko‘lamli modernizatsiya qildi. Hozirda mavjud komlektatsiyalariga qo‘shimcha ravishda mijozlarga ikkita yangi Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari taqdim etiladi. Ularning har biri kengaytirilgan opsiyalar to‘plami, zamonaviy texnologiyalar, yaxshilangan komfort va yuqori xavfsizlik darajasi bilan ajralib turadi.

 

Yangi modifikatsiyalar O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa eksport bozorlaridagi Cobalt egalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib ishlab chiqildi. O‘zbekiston va xorijdagi respondentlarning 90 foizdan ortig‘i avtomobilni zavod bosqichidanoq zamonaviy funksiyalar va kengaytirilgan komplektatsiyalar bilan ta’minlash zarurligini bildirgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика