1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik xaridni qonun talablariga zid amalga oshirgan

Tekshiruv jarayonida tanlov hujjatlaridagi talablar asosida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani aniqlangan.

Uzbekistan Airports 6,8 mlrd so‘mlik xaridni qonun talablariga zid amalga oshirgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Uzbekistan Airports AJ buyurtmachiligida 6,8 milliard so‘mlik davlat xaridi qonunchilik talablariga zid ravishda amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur xarid “bodi-kameralarni yetkazib berish, o‘rnatish va ishga tushirish xizmati”ni o‘z ichiga olgan.

 

Tekshiruv jarayonida tanlov hujjatlaridagi talablar asosida takliflar to‘liq va xolis baholanmagani aniqlangan. Shuningdek, tanlovda o‘zaro bog‘liq va manfaatdor shaxslar ishtirok etgani hamda baholash bosqichida qator xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani tasdiqlangan.

 

Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash bo‘yicha bayonnomalari bekor qilindi va noqonuniy xaridning oldi olindi.

 

O‘rganish natijasida to‘plangan barcha hujjatlar qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика