1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Vafot etgan bastakor yangi asarlar yaratmoqda

Sun’iy ong orqali bastakor vafotidan so‘ng ham musiqa yozmoqda.

Vafot etgan bastakor yangi asarlar yaratmoqda

 

Amerikalik bastakor Alvin Lusye vafotidan to‘rt yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay, uning musiqiy merosi faqat xotiralar bilan cheklanib qolmadi. U sun’iy intellekt va ilg‘or biotexnologiyalar yordami bilan yangi asarlar yaratishda davom etmoqda.

 

2018-yilda avstraliyalik olimlar Parkinson kasalligidan aziyat chekayotgan Lusyega “Tiklanish” (The Revival Project) nomli ilmiy-ijodiy eksperimentda ishtirok etishni taklif qilishadi. U 2020-yilda hayotligida oq qon hujayralarini topshirgan. Aynan shu hujayralar asosida sun’iy miya moduli ishlab chiqilgan.

 

Hozirda olimlar tomonidan yaratilgan, 20 ta mis plastinadan iborat ushbu sun’iy tizim Lusyeninng miyasiga xos signallarni simulyatsiya qilib, real vaqtda akustik kompozitsiyalar yaratmoqda. Asarlar sun’iy ong va Lusyeninng ilgari bergan ijodiy ma’lumotlari asosida shakllanmoqda.

 

Bu loyiha musiqa, fan va falsafaning chorrahasida turib, inson ongi va san’at o‘rtasidagi chegaralarni qayta belgilamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика