Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o‘g‘li, Nikolas Ernesto Maduro Guerra, otasi Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘lga olinganidan keyin unga murojaat qildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, Maduro Guerra o‘zining birinchi jamoat nutqida mehribon ota sifatida otasini madh etib, oilaning birligi va Vatanning kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.
U parlament qarorgohida qilgan chiqishida shunday dedi: “Ota, siz oilamizdagi barchani kuchli insonlarga aylantirdingiz. Biz siz qaytguningizcha o‘z burchimizni bajaryapmiz. Vatan ishonchli qo‘llarda. Va tez orada biz Venesuelada bir-birimizni quchoqlaymiz”.
Maduro Guerra shuningdek, Venesuelaning amaldagi vaqtincha rahbari — vitse-prezident Delsi Rodrigesni ham qo‘llab-quvvatlashini bildirgan. U o‘z murojaatida oilasiga, shuningdek xalqiga ishonganini aytgan.
Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores AQSHda qo‘lga olinganidan so‘ng, ular Nyu-York shahridagi federal sud majlisida ayblovlarni rad etgan. Keyingi sud tinglovi 2026-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi.


