AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris 2024 yilda Bayden bilan saylovda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
“Prezident yana bir marta nomzodini ilgari surishini aniq aytdi. Agar u buni amalga oshirsa, men ham o‘z nomzodimni u bilan birga qo‘yishga tayyorman”, – degan vitse-prezident NBC telekompaniyasiga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, u o‘z vazifasiga katta masʼuliyat bilan yondashishini aytgan. Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, AQSH vitse-prezidenti davlat rahbariga mamlakat taqdiriga taʼsir ko‘rsatadigan muhim masalalarni hal etishga yordam beradi.
Iyul oxirida Baydenning matbuot kotibi Karin Jan-Pyer uning 2024 yilgi saylovda ishtirok etishini ma'lum qilgandi.
Avvalroq Tramp tez orada prezidentlikka nomzodini ilgari surish bo‘yicha qaror qabul qilishini aytgandi.


