So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra 1939-1945-yillarda urush oqibatida 90 mlndan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Urushning so‘nggi bosqichi Tinch okeanida, Yaponiya va AQSH o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 1945-yil avgustiga kelib Yaponiyaning mag‘lubiyati deyarli aniq bo‘lib qoldi. Shunday bo‘lsa-da, AQSH g‘alabani tezlashtirish maqsadida o‘zining eng zamonaviy va dahshatli qurolini-atom bombasini qo‘llashga qaror qildi.
1945-yil 6 -avgust kuni Xirosima, 9 -avgust kuni Nagasaki shahriga tarixda ilk bor atom bombalari tashlandi. Buning oqibatlari esa dahshatli edi: minglab kishi halok bo‘ldi, yana minglab insonlar nurlanish oldi va bir necha yil davomida asta-sekin hayotdan ko‘z yumdi. 1950-yilga kelib atom bomasi tashlanishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 mingdan oshdi. Zamon.uz Xirosima va Nagasakidagi fojialariga76 yil to‘lishi munosabati bilan ushbu dahshatli hodisaning ayanchli oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etadi.

Atom bombasi tushgan paytda Xirosima va Nagasaki

Xirosimaga tashlangan "Bolakay" bombasi

Chap tarafda-Xirosimaga bomba tashlagan uchuvchi mayor Tomas Ferebi. O'ng tarafda-Nagasakiga bomba tashlagan uchuvchi kapitan Kermit Bixan

Nagasaki bombardimondan keyin

Nagasakida tirik qolganlar xarobalar ichida

Ota-onasidan ayrilgan bola xarobalar ichida

Atom bomasidan omon qolgan kishi jarohatlarini ko'rsatmoqda

Nagasakidan 15 km uzoqlikda joylashgan Koyaji-Dzimi shahridan Nagasakiga tashlangan atom bombasi buluti ko'rinishi, 1945-yil 9-avgust

Bomba tushishi oqibatida tanasining tepa qismi jarohatlangan bola

Har yili Xirosimada atom bombasi qurbonlari xotirasiga minglab kabutarlar uchiriladi
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra atom bombasini tashlashga katta ehtiyoj bo‘lmagan, lekin AQSH o‘z harbiy qudratini butun dunyoga namoyish qilish uchun ham dahshatli qirg‘in qurolini qo‘llashga qaror qilgan. Xirosimada bomba tashlanishi natijasida katta plazma shari vujudga kelgan, uning ichidagi harorat 4000 darajadan ortiqni tashkil etgan . Shaharning 80ming aholisi shu zahotiyoq xalok bo‘lgan.
Xirosima va Nagasaki fojialari insoniyatni ogohlikka undaydi. Yadro qurolining tarqalishini oldini olish, bu qurollarni hech qachon qo‘llamaslik-butun dunyo oldida turgan eng katta vazifadir.
Jahongir Qo'ziyev


