1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish taqiqlandi

Yangi qoidani buzganlar jazoga tortilishi mumkin.

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish taqiqlandi

Xitoy Kiberxavfsizlik boshqarmasi ikki oylik kampaniya boshlab, ijtimoiy tarmoqlarda “atayin salbiy hissiyot uyg‘otuvchi” kontentga qarshi kurashishini maʼlum qildi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.

 

Kampaniya doirasida ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videoxizmatlar, striming platformalari va izohlar bo‘limlari kuchaytirilgan nazorat ostiga olinadi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, reja nafaqat zo‘ravonlikka chaqiruvchi yoki yolg‘on xabarlar tarqatilishini, balki “haddan tashqari pessimizm”ni targ‘ib qiluvchi postlarni ham to‘xtatishni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga o‘zini kamsituvchi ifodalar, umidsizlikka chorlovchi materiallar va sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan zo‘ravonlik sahnalari ham taqiqlanadi.

 

Bunday kontent tarqatgan platformalar yoki mualliflar jazoga tortilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bu Xitoy hukumatining birinchi tashabbusi emas — 2021 yildan beri Pekin kamida besh marta shunga o‘xshash kampaniyalarni yo‘lga qo‘ygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика