Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vatandoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Voqea Grecheskiy prospektida joylashgan do‘konda sodir bo‘lib, 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi politsiyaga murojaat qilgan. U va do‘sti do‘kondagi janjaldan keyin noma’lum kimsalar tomonidan kaltaklangan. Jabrlanuvchi kasalxonada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ambulator davolanishga yuborilgan.
Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari tomonidan 22 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan besh kishi qo‘lga olindi. Ulardan biri Rossiyada noqonuniy yashab kelayotgani aniqlangan.
Politsiya bayonotiga ko‘ra, mojaro do‘kon sotuvchisi - Rossiya fuqarosi bo‘lgan ayol bilan kelib chiqqan. Ayolga nisbatan immigratsiya qonunchiligini buzganlik holati bo‘yicha ma’muriy ish ochilgan.
Qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish choralari qo‘llanilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


