1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Urush tugagach, prezidentlikdan ketishga tayyorman”

Zelenskiy maqsadi prezidentlik emas, urushni tugatish ekanini aytdi.

“Urush tugagach, prezidentlikdan ketishga tayyorman”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan mojaro tugaganidan keyin o‘z lavozimini tark etishga tayyorligini maʼlum qildi. U o‘z maqsadini hokimiyatda qolishda ko‘rmasligini aytdi.

 

"Agar biz ruslar bilan mojaroga barham bersak, men saylovda qatnashmaslikka tayyorman. Saylov mening maqsadim emas. Maqsadim urushni tugatish", dedi u Axios nashriga bergan intervyusida.

 

Ukraina rahbari, shuningdek, jangovar harakatlar tugamaguncha saylovlar o‘tkazish imkoniyatini ham ko‘tardi. Uning fikricha, agar sulh eʼlon qilinsa, ovoz berish o‘tkazilishi mumkin.

 

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev agar tomonlar xohlasa, Rossiya va Ukraina rahbarlarining respublikada uchrashuvlarini o‘tkazish uchun barcha zarur resurslarni taqdim etishga tayyorligini maʼlum qilgandi. 

 

Maʼlumot uchun, Zelenskiyning vakolat muddati 2024 yil 20 mayda tugagan. Ukrainada 2024 yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика