1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Fransiya sobiq prezidenti 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 100 ming yevro jarimaga tortildi

Parij sudi Nikolas Sarkozini 2007-yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishi bo‘yicha aybdor deb topdi.

Fransiya sobiq prezidenti 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 100 ming yevro jarimaga tortildi

Parij sudi Fransiya sobiq prezidenti Nikolas Sarkozini 2007-yilgi saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish ishida aybdor deb topdi. Sud hukmiga ko‘ra, 70 yoshli siyosatchi 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, shundan bir qismi qamoq jazosini o‘tashni nazarda tutadi.

 

Sud Sarkoziga qo‘shimcha ravishda 100 ming yevro miqdorida jarima ham tayinladi. Hukm sud zalida darhol ijro etilmagan bo‘lib, sobiq prezident bir oy ichida qamoqxonaga topshirilishi lozim. Apellyatsiya jarayoni bu ehtiyot chorasi ijrosini to‘xtata olmaydi.

 

Sud Sarkozini faqat bitta ayblov bo‘yicha aybdor deb topdi. U saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirish, Liviya davlat mablag‘larini suiiste’mol qilish va korruptsion kelishuvdagi passiv ishtiroki bo‘yicha ayblovlardan oqlandi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2005-yilda ichki ishlar vaziri lavozimida ishlagan paytida Sarkozi Liviya rahbari Muammar Qaddafi bilan maxfiy kelishuvga borgan va uning yordamchilari orqali saylov kampaniyasi uchun 50 million yevro mablag‘ olgan. Bu mablag‘ evaziga u Qaddafiyni xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlashi kerak edi.

 

Sarkozi barcha ayblovlarni rad etib, ishni siyosiy sabablarga bog‘lamoqda. U apellyatsiya berishini ma’lum qilgan.

 

Mazkur jarayon sobiq prezidentga nisbatan uchinchi sud ishi hisoblanadi. Avvalroq u 2021-yilda korrupsiya va ta’sir sotish jinoyatlarida aybdor deb topilgan va shartli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика