Shimoliy Koreyada fuqarolarga maktublar orqali bir-birlariga muhabbat izhor qilish qat’iyan taqiqlangan.
Metro nashrining xabar berishicha, Hamxung shahridagi fabrikada yuz bergan voqea mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan. Partiya yoshlar tashkiloti vakillari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida sevgi maktubi aniqlangan. Unda “Men seni sevaman” va “Men faqat sen haqingda o‘ylayman” kabi iboralar yozilgani qayd etilgan.
Rasmiylar bunday murojaatlarni “kapitalistik qarashlarga singib ketgan buzuq turmush tarzi” sifatida baholab, uni keskin qoralashdi.
Maktub muallifi jamoat oldida “axloqan buzuq” sifatida qattiq tanqid qilindi va hamkasblari qarshisida o‘z xatti-harakatlarini tan olib, ochiqchasiga pushaymon bo‘lishga majbur qilindi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisada qatnashgan boshqa xodimlar ushbu jarayonni majburan tomosha qilgan.


