“O‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahar Polmon MFY hududidan o‘tuvchi qismida nomaʼlum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilganligi aniqlandi. Bu haqida DXX Zamon.uz'ga maʼlum qildi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida Qirg‘iz Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 mlrd 19 mln 980 ming so‘mlik 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


