1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qirg‘iziston parlamenti tarqatib yuborildi

Keyingi parlament saylovi bir yildan keyin o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston parlamenti tarqatib yuborildi

Bugun, 25 sentyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) deputatlari yettinchi chaqiriqda o‘z-o‘zini tarqatib yuborish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi.

 

Qaror bo‘lajak saylovlar va saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar munosabati bilan qabul qilindi.

 

Yig‘ilishda deputat Ulan Primov maʼruza qildi. Uning taʼkidlashicha, o‘z-o‘zini tarqatib yuborish siyosiy tizim va barqarorlikni mustahkamlaydi. Saylov qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ham muhim rol o‘ynadi.

 

“Biz hatto 4 yil ham ishlamadik. Yana biroz ishlab, saylovlarni iyul-avgust oylarida o‘tkazish mumkin edi. Endi qanday qilib saylovchilardan siz uchun ovoz berishni so‘raysiz? Axloqiy javobgarligingiz haqida o‘ylang”, degan deputat Nadira Narmatova.

 

Shundan so‘ng, spiker boshqa deputatlarga so‘z bermasdan, masalani ovozga qo‘ygan. Majlisda qatnashgan 89 deputatdan 84 nafari rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan, hech kim qarshi ovoz bermagan.

 

Ovoz berish yakunlari bo‘yicha 84 nafar deputat yettinchi chaqiriq vakolatlarini tugatish uchun ovoz berdi. Taklif avvalroq Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi va Jogorku Keneshning muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

 

Parlament saylovlari 2026 yilning noyabr oyida, prezidentlik saylovlari esa 2027 yil yanvarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика