Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi Chengdu shahrida joylashgan qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 20 nafar kishi halok bo‘lgan.
Yong‘indan omon qolganlar zudlik bilan yaqin atrofdagi shifoxonalarga yptqizilgan. Hozirda ular tibbiy nazorat ostida.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadalari tezkor yetib borgan bo‘lsa-da, yong‘in tez tarqalgan. Yong‘inning aynan nima sababdan kelib chiqqani hali aniqlanmagan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Mahalliy aholi va ijtimoiy tarmoqlarda bu fojia keng muhokama qilinmoqda. Qariyalar uylari xavfsizligi borasida savollar ko‘tarilmoqda.


