1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Xitoyda sobiq vazir poraxo‘rlik uchun o‘limga hukm qilindi

Uning 2007–2024 yillar davomida 38 million AQSh dollari ortiq pora olgani aniqlangan.

Xitoyda sobiq vazir poraxo‘rlik uchun o‘limga hukm qilindi

Xitoyning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Tan Chjentszyan poraxo‘rlikda ayblanib, ikki yil muddatga ijro etilishi belgilangan o‘lim jazosiga hukm qilindi.

 

Sinxua agentligining xabar berishicha, mazkur hukm Xitoyning Jilin provinsiyasi, Chanchun shahri xalq sudi tomonidan chiqarilgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, sobiq amaldor umrbod siyosiy huquqlaridan mahrum qilinadi. Shuningdek, uning shaxsiy mulklari va noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadlari davlat foydasiga musodara etiladi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Tan Chjentszyan 2007–2024-yillar davomida markaziy va mahalliy darajadagi turli lavozimlarda ishlagan davrida tijorat operatsiyalari, shartnomalar va kadrlar siyosati bo‘yicha manfaatdor tomonlarga yordam ko‘rsatish evaziga 268 million yuandan (taxminan 38 million AQSh dollari) ortiq pora olgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика