“Azizim” nomli duet tarona bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan qo‘shiqchi Jasurbek Jabborov parkinson kasalligidan aziyat chekmoqda.
Bu haqda uning hamkasblaridan biri instagram orqali maʼlum qilib, xonanda Hindistonda operatsiya qilinishini va unga 40 ming dollar kerakligini aytib, obunachilaridan yordam so‘ragan.
Maʼlumot uchun, parkinson kasalligi markaziy nerv sistemasining surunkali kasalligi bo‘lib, u titroq falaji deb ham ataladi. parkinson kasalligida muskullar taranglashadi, yuz harakatsiz bo‘lib, qotib qoladi, bemor mayda qadam tashlab yuradi, harakatlari cheklanadi, hatto kiyinish, tugmalarni qadashda qiynaladi.


