Kecha, 7-iyul kuni Urganch shahrida joylashgan yetti qavatli uyning tomidan 2 nafar qiz o‘zini tashlab halok bo‘ldi. Bu haqda zamon.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘z joniga qasd qilgan qizlarning biri 16, ikkinchisi esa 15 yoshda bo‘lgan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Hozirda holat yuzasidan Urganch shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


