1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorazmda “zamhokim” avtohalokatga uchrab vafot etdi

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy izoh berdi.

Xorazmda “zamhokim” avtohalokatga uchrab vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani hokimi o‘rinbosari U.Jumagaldiyevning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 1990 yilda tug‘ilgan Jumagaldiyev Umidjon Usmanboyevich 17 mart kuni soat 01:30 larda avtohalokatga uchragan. U Nexia–3 rusumli xizmat avtomashinasida Urganch – Gurlan avtomobil yo‘lida harakatlanib borib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan fuqaro Sh.Sobirov boshqaruvidagi XCMG GR180 rusumli yuk avtomashinasining orqa o‘ng tomon g‘ildiragiga urilgan. Shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil yo‘lidan chiqib ketib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

 

YTHda U.Jumagaldiyev olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика