1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 320 davlat grantiga qo‘shimcha tanlov boshlandi

Test sinovlari 11-dekabrgacha o‘tkaziladi, ruxsatnoma shaxsiy kabinet orqali beriladi.

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun 1 320 davlat grantiga qo‘shimcha tanlov boshlandi

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1 320 ta davlat granti bo‘yicha qo‘shimcha tanlov qabul jarayonlari qayta ochilgani ma’lum qilindi.

 

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika hududida faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan 1 320 nafar davlat granti o‘rinlaridan bo‘sh qolgan vakansiyalar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.

 

Mazkur tartibga ko‘ra, 2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrgacha (shu kuni ham) xorijiy yoki nodavlat OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil haqidagi ma’lumotlar abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

 

Imtihonda qatnashish uchun ruxsatnoma my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali taqdim etiladi.

 

Eslatib o‘tilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–4319-son (2019-yil 14-may) qaroriga muvofiq, ro‘yxatdan o‘tayotgan abituriyentlar belgilangan miqdordagi to‘lovni amalga oshirishi shart. To‘lovni o‘z vaqtida bajarmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Test sinovlari natijasida abituriyentlar to‘plagan ballar ketma-ketlik tartibida shakllantirilib, 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga rasmiylashtirish uchun yuboriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика