1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yangi yilning il kunida eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryoda qayd etildi

2026 yilning 1 yanvar kunida O‘zbekistonda 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqlar orasida 17 nafar egizak bo‘lib, uch va to‘rt nafar egizaklar ham tug‘ildi.

Yangi yilning il kunida eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryoda qayd etildi

 

 

 


Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar kuni O‘zbekistonda jami 1 815 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Ulardan 894 nafari qiz, 921 nafari esa o‘g‘il bolalar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillardagi yangi yilning ilk sutkasidagi tug‘ilish statistikasini davom ettiradi.


Taqqoslash uchun, 2021-yil 1-yanvarda 1 644 nafar, 2022-yilda 2 316 nafar, 2023-yilda 2 155 nafar, 2024-yilda 1 859 nafar va 2025-yilda 1 641 nafar chaqaloq tug‘ilgani qayd etilgan. Joriy yil ko‘rsatkichi o‘rtacha darajada ekani bilan ajralib turadi.


Hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Surxondaryo viloyatida kuzatilib, bu yerda 243 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (216), Namangan (194), Qashqadaryo va Samarqand (191 nafardan), Andijon (157) hamda Toshkent shahri (143) qayd etilgan. Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri kelib, u yerda 29 nafar chaqaloq tug‘ilgan.


Shuningdek, yangi yilning birinchi kunida tug‘ilgan bolalar orasida 17 ta egizak holati aniqlangan. Ulardan 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari uch homilalik va 4 nafari to‘rt homilalik egizaklar ekani ma’lum qilindi. Ma’lumot Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика