1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik sabab 11 kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat tufayli 100 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik sabab 11 kishi halok bo‘ldi

Ishikava prefekturasining Noto hududida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

 

Avvalroq tabiiy ofat oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yana 12 kishi turli tan jarohatlari olgan.

 

Tabiiy ofat ko‘proq Noto qishlog‘i, Vajima va Suzu shaharlariga zarar yetkazgan. Joriy yilning 1 yanvarida sodir bo‘lgan zilzila vaqtida ham ushbu aholi punktlari eng ko‘p jabr ko‘rgandi. 

 

Yog‘ingarchilik tufayli Ishikava prefekturasining aholi punktlarida 131,4 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика