1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

Yaponiyada tibbiyot muassasasi ichki qoidalarni buzgani uchun jazolandi

Yaponiyada klinika chekishga qarshi qoidalarni buzgani uchun bemorlarga 30 ming dollar to‘laydi.

Yaponiyada tibbiyot muassasasi ichki qoidalarni buzgani uchun jazolandi

Yaponiyaning Gifadagi Qizil Xoch kasalxonasi ichki qoidalarni buzgan shifokor va hamshiralar tufayli yuzaga kelgan janjaldan so‘ng, bemorlarga kompensatsiya to‘laydi.

 

Ma'lum qilinishicha, ushbu muassasada 2005-yildan buyon to‘liq chekish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, 16 nafar xodim – jumladan shifokorlar, hamshiralar va ma’muriyat vakillari – yillar davomida yashirincha chekishgan. Bu holat bemorlar va jamoatchilik uchun katta umidsizlikka aylandi, chunki kasalxona sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilib, hatto chekishni tashlashga yordam beruvchi bo‘limni ham ochgan edi.

 

Yaponiya milliy tibbiy sug‘urtasi tartiblariga ko‘ra, bunday klinikalar davlatdan to‘lov olish uchun butun hududda chekishni qat’iyan taqiqlashi shart. Mazkur talab buzilgani aniqlangach, shifoxona 2006-yildan 2024-yilgacha noqonuniy olingan mablag‘ – taxminan 30 ming AQSh dollarini (4,5 million iyen) qaytarishga qaror qildi. Bu mablag‘ 750 ga yaqin bemorga, shuningdek, sug‘urta fondlariga kompensatsiya tariqasida to‘lanadi.

 

Kasalxona rahbariyati: “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tibbiyot muassasasida bunday holat yuz berganidan chuqur afsusdamiz”-deya rasmiy bayonot berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика