Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida, xususan Izu oroli yaqinida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Seysmik hodisa epitsentri 122 ming kishiga yaqin aholi istiqomat qiladigan Kisarazu shahridan deyarli 400 km janubi-sharqda joylashgan. Qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida hozirda hech qanday maʼlumot yo‘q.
Bungacha Yaponiyaning Miyazaki prefekturasi qirg‘oqlariga Kyushu oroli yaqinidagi zilziladan keyin sunami kuzatilgandi. Sohilda taxminan 50 sm balandlikkacha bo‘lgan to‘lqin qayd etilgan.
Shuningdek, zilzila va sunami xavfi tufayli Yaponiyaning Kyushu orolida tezyurar poyezdlar harakati zudlik bilan to‘xtatilgandi.


