1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

YeChLda hafta futbolchisi aniq bo'ldi

Bu Madrid jamoasi futbolchisi.

YeChLda hafta futbolchisi aniq bo'ldi

 

UEFA rasmiy saytida ovoz berish natijalariga ko‘ra Chempionlar Ligasi 2-turining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Mukofot yakunda Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Alvaro Morataga nasib qildi. 30 yoshli forvard "Feyenoord" bilan o‘yinda (3:2) dubl qayd etdi va g‘alaba goliga mualliflik qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata joriy mavsumni sermahsul o‘tkazmoqda. U barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda 7 ta gol urdi.

 

Shuningdek, Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem, "Braga" vingeri Bruma va "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xoylund da’vogarlik qilishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика