Yevroittifoq Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish maqsadida Isroil bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi.
Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon Der Lyayenning so‘zlariga ko‘ra, YEI Isroil bilan energetika sohasida ikki yirik loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xususan, tomonlar Sharqiy O‘rtayer dengizida gaz va vodorod quvurlari hamda Isroilni Kipr va Gretsiya bilan bog‘lovchi kabel tarmog‘i o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqyapti.
“Ukrainada vaziyat keskinlashgandan buyon Rossiya atayin Polsha, Bolgariya, Finlyandiya, golland va Daniya kompaniyalariga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Ammo Kremlning bu harakatlari bizning Moskvaga energetik qaramlikdan qutulishimiz uchun yana-da katta turtki berdi”, – degan Der Lyayen Isroil janubiga tashrifida.
Shu bilan birga isroilliklar bilan birga O‘rtayer dengizi gaz resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha qator muammolar bor. Masalan, “Karish” gaz koni Livanning “Kana” koni bilan chegaradosh, ikki davlat uzoq yillardan buyon shelfni bo‘lisha olmayapti.
Isroil va Livan o‘rtasidagi dengiz chegarasi hamon aniq o‘rnatilmagan. Ular 856 kvadrat kilometr hududga daʼvo qilmoqda. Dengiz chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Avvalroq YEI Nigeriyadan gaz sotib olishi mumkinligi maʼlum bo‘lgandi.


