So‘nggi 20 yil ichida AQSH aholisining o‘rtacha tana vazni 15 kilogrammdan oshgan. Bu esa umumiy og‘irlikdagi 20 foizdan ko‘proq o‘zgarishni anglatadi. Mazkur holat aviakompaniyalar uchun jiddiy xavfsizlik va yuk taqsimoti masalalarini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Xorijiy OAVlarning xabar berishicha, bir qator yirik aviatashuvchilar yo‘lovchilarning vaznini uchishdan avval o‘lchashni majburiy tartibda joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Agar yo‘lovchi va uning qo‘l yuki belgilangan me’yordan oshsa, qo‘shimcha to‘lov undirilishi ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, samolyot salonlarida mavjud o‘rindiqlar o‘lchamlarini zamonaviy yo‘lovchilar vazn va o‘lchamlariga moslashtirish masalasi ham kun tartibiga chiqmoqda.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu takliflar nafaqat qulaylik, balki parvozlar xavfsizligini ta’minlash, yukni muvozanatli taqsimlash va favqulodda holatlarda tegishli choralarni belgilash nuqtayi nazaridan ham muhimdir.


