1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Yo‘lovchilarga poyezd chiptalari aldab sotilyaptimi?

Internetda tarqalgan xabarlarga izoh berildi.

Yo‘lovchilarga poyezd chiptalari aldab sotilyaptimi?

Kuni kecha bir guruh o‘zbek shou-biznesi vakillari Urganchdan Buxoroga kelishda poyezdda havo sovitish tizimi ishlamayotganidan norozi bo‘lib, internetda chiqish qilishgandi. Sanʼatkorlar ularga konditsionerli kupe uchun bilet sotilganini, lekin vagonlar issiq ekanini aytishgan. 

 

Holatga “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ  rasmiy munosabat bildirib, yo‘lovchilarga aldab chipta sotilmasligini maʼlum qildi. 

 

Qayd etilishicha, mazkur yo‘lovchi vagon 1991-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatlarida texnik taʼmirlardan o‘tkazilgan.  

 

Texnik shartlarga ko‘ra, tashqi havo harorati 40 darajadan yuqorilab ketganda vagonlarda sovitish samaradorligi yo‘qoladi. Mamlakatda kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning  sovitish tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda. 

 

Videolavhadagi poyezdning yo‘l davomida havo harorati 40 darajadan yuqorilab ketganligi sababli sovitish tizimining kompressor uskunasi ishlamay qolgan, natijada vagon sovitilmagan. 

 

Poyezd Toshkent-Janubiy vokzaliga yetib kelganidan so‘ng unga qo‘shimcha qilib soz holatdagi vagon ulangan va yo‘lovchilar ushbu vagonga o‘tkazilgan. 

 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ rahbariyati yo‘lovchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика