1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Navoiy viloyatida zaxiradagi yer maydonini cotmoqcho bo'lgan firibgar qo'lga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

 

Unda aytilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.Q. tanishi Sh.ning ishonchiga kirib, “o'ziga tegishli bo‘lgan” 40 sotix yer maydonini 75 million so‘mga sotishga kelishadi.

 

Aslida, bu yer Navbahor tumani hokimligi zaxirasi tarkibida bo‘lib, fuqaro L.Q. firibgarlik yo‘li bilan fuqaroni “chuv” tushirmoqchi bo‘lgan. 

 

Qalloblik qilishga urinayotgan fuqaro L.Q. 1 700 AQSH dollar va 57 million so‘m olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Jarqo‘rg‘on tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlangani, qonunni buzgan valyutafurushning “bozori” o‘xshamagani hamda uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика