1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy g‘alabadan keyingi rejalarini ma’lum qildi

U jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini ta’kidladi.

Zelenskiy g‘alabadan keyingi rejalarini ma’lum qildi

 

Gʻalabadan keyin Ukraina bir necha yil ichida Yevropa Ittifoqining to‘laqonli a’zosiga aylanadi. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy aytib o‘tdi. 

 

“Biz allaqachon nomzod maqomini oldik — urush paytida ham bu borada qattiq ishladik... Mamlakat Yevropa Ittifoqi tomon yo‘lni tanladi. Ikki-uch yil ichida biz Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishimizga shubha yo‘q. Biz hech bo‘lmaganda qonunchilik yo‘lida ham, hamkorlarimiz bilan muloqotda ham aniq harakat qilmoqdamiz. Ko‘pchilik Yevropa Ittifoqi davlatlari bizni qo‘llamoqda”, — dedi Zelenskiy.

 

Uning ta’kidlashicha, Ukraina shuningdek, NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha ham kelishuv tayyorlamoqda.

 

“Men aytib o‘tgan bu ikki yo‘nalish allaqachon Ukrainaning Yevropa davlati bo‘lishini ko‘rsatmoqda”, —  dedi Kiyev rahbari.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика