1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zelenskiy: Putin yadroviy qurol ishlatishdan qo‘rqadi

Ukraina prezidenti Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotlariga javob qaytardi.

Zelenskiy: Putin yadroviy qurol ishlatishdan qo‘rqadi

Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida taʼkidlashicha, "Putin istalgan vaqtda va istalgan davlatga zarba berishi mumkin, biroq uning bu qadamni tashlashi dargumon".

 

"U har doim ham adekvat emas, chunki hech bir adekvat odam Ukrainaga kelib, u qilgan ishni qila olmaydi. Menimcha, u o‘z hayotini va boshqalarning hayotini nazorat qilishni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun, menimcha, u yadroviy quroldan foydalanishdan qo‘rqishi kerak”, — deya fikr bildirdi Zelenskiy.

 

Bir necha kun oldin Rossiya prezidenti Rossiyaning yadroviy cheklash doktrinasiga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика